Kod yozishdan ko‘ra, kodni tushunish qiyinroq
15 Avgust, 2025 109
Ko‘pchilik dasturchilar ish boshlaganda birinchi o‘ylaydigan narsa — tezroq kod yozish. Ammo vaqt o‘tishi bilan bilasizki, haqiqiy qiyinchilik kod yozish emas, balki uni yillar o‘tgach ham tushunish.
Nega bu muhim?
- Kodingizni sizdan boshqa odam ham o‘qiydi.
- O‘zingiz yozgan kodga 3 oy o‘tgach qaytsangiz, u sizga notanish bo‘lib tuyulishi mumkin.
- Tushunarsiz kod — loyihaning eng katta texnik qarzlaridan biri.
Nimalarga e’tibor berish kerak?
- Nomlash aniq bo‘lsin — x, y o‘rniga ma’noli nomlar ishlating.
- Kommentariya ortiqcha bo‘lmasin — Kodni o‘zi tushunarli bo‘lishi kerak.
- Kichik funksiyalar — Bir funksiya faqat bitta vazifani bajarsin.
- Kod tartibi — Bir xil standartdan foydalaning (masalan, PEP8).
Yakuniy fikr
Tez yozilgan kod tez eskiradi.
Tushunarli yozilgan kod esa loyihani yillar davomida tirik ushlab turadi.
Mashhur maqolalar
Oxirgi 30 kun davomida eng ko'p o'qilgan maqolalarni ko'rishingiz mumkin.